Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom bo'lganidan keyin, bordi-yu, saqlash uchun davrlar bo'yicha haq to'lash nazarda tutilgan bo'lsa — har bir davr tamom bo'lganidan keyin to'lanishi shart.
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo'lmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin to'xtatilsa, omonat saqlovchi haqning mutanosib qismini, ushbu Kodeks 883-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish huquqiga ega bo'ladi.
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo'ladigan vaziyatlar tufayli muddatidan oldin to'xtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega bo'lmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga qaytarishi shart.
Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab turilgan ashyo yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinmagan bo'lsa, u ashyoni bundan keyin saqlagani uchun omonat saqlovchiga tegishli miqdorda haq to'lashi shart.
Ushbu moddaning qoidalari omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
885-modda. Omonat saqlaganlik uchun to'lanadigan haq
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.