Гражданский кодекс

883-modda. Xavfli xossalarga ega bo'lgan ashyolarni saqlash

Agar yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi bo'lgan yoki o'z tabiatiga ko'ra xavfli bo'lgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan vaqtda saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan bo'lsa, omonat saqlovchi bu ashyolarni ko'rilgan ziyonni yuk topshiruvchiga to'lamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yo'q qilib tashlashi mumkin. Yuk topshiruvchi bunday ashyolar saqlanishi munosabati bilan saqlovchiga va uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi. Xavfli xossalarga ega bo'lgan ashyolar saqlash uchun professional omonat saqlovchiga topshirilgan vaqtda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bunday ashyolar saqlash uchun noto'g'ri nom bilan topshirilgan va omonat saqlovchi ularni qabul qilib olish chog'ida sirtidan ko'zdan kechirish yo'li bilan ularning xavfli xossalarga egaligini bila olmagan taqdirda qo'llanadi. Ashyolar haq evaziga saqlangan taqdirda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda ashyolarni saqlash uchun to'langan haq qaytarib berilmaydi, bordi-yu, bu haq to'lanmagan bo'lsa, omonat saqlovchi uni to'la-to'kis undirib olishi mumkin. Agar omonat saqlovchi xabardor bo'lgani holda va uning roziligi bilan saqlashga qabul qilingan ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan bo'lsa-da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning mol-mulki uchun xavfli bo'lib qolgan bo'lsa hamda vaziyat omonat saqlovchining yuk topshiruvchidan ularni darhol olib ketishni talab qilishiga imkon bermasa yoki yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa, ushbu ashyolar omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni to'lamagan holda zararsizlantirilishi yoki yo'q qilib tashlanishi mumkin. Bunday hollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati bilan keltirilgan zarar uchun omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Xavfli ashyolar (yonuvchan, portlovchi, zaharli narsalar) saqlashda maxsus qoidalar qo'llaniladi. Agar yuk topshiruvchi saqlovchini xavfli narsalar haqida ogohlantirmasa, saqlovchi ularni yo'q qilib tashlashi mumkin. Yuk topshiruvchi bu narsalardan keltirilgan barcha ziyonga javobgar bo'ladi. KIMGA TEGISHLI Bu qoida omonat saqlovchi va yuk topshiruvchiga tegishli. AMALDA Shaxs tez yonadigan kemiya saqlovchiga topshirdi, lekin xavfli ekanligini aytmadi. Saqlovchi uni ko'zdan kechirish vaqtida xavfni bilmadi. Keyin kemiya portlab, saqlovchining omborini shikastladi. Yuk topshiruvchi ogohlantirmagan uchun barcha ziyonga javobgar bo'ladi, saqlovchi esa javobsiz qoladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.