Fuqarolik kodeksi

877-modda. Omonat saqlash shartnomasining shakli

(877-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak bo'lgan hollarda (ushbu Kodeksning 108-moddasi) agar ashyoning saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini, omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo'li bilan tasdiqlangan bo'lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi. Agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yong'in, tabiiy ofat, to'satdan kasal bo'lish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan bo'lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi. Omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga, agar bunga qonunchilikda yo'l qo'yilsa yoki u saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hol bo'lsa, ashyolar saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki boshqa belgi berish yo'li bilan tuzilishi mumkin. Omonat saqlash shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik saqlashga qabul qilingan ashyo bilan omonat saqlovchi qaytargan ashyoning aynan o'ziligi xususida nizo chiqqan taqdirda, taraflarni guvohlarning ko'rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.