Fuqarolik kodeksi

867-modda. Litsenziatning majburiyatlari

Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha amalga oshiradigan faoliyatning xarakteri va xususiyatlarini hisobga olgan holda litsenziat: shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chog'ida litsenziarning firma nomidan shartnomada ko'rsatilgan tarzda foydalanishi; u shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko'rsatayotgan xizmatlar, bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning o'zi ishlab chiqarayotgan, ko'rsatayotgan yoki bajarayotgan shunday tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning sifatiga aniq mos bo'lishini ta'minlashi; litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yo'riqnomalari va ko'rsatmalariga, shu jumladan litsenziat shartnoma bo'yicha o'ziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir ko'rsatmalariga ham rioya etishi; sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin bo'lgan hamma qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatishi; litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi; agar shartnomada to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan bo'lsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi; kompleks tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) ular uchun juda aniq usulda ma'lum qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.