Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo'yicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo'riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa ob'yektlardan (tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o'z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obro'sidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda (xususan, minimal va yoki maksimal hajmda foydalanishni belgilab qo'ygan holda) muayyan faoliyat sohasiga (litsenziardan olingan yoki litsenziat ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni ko'rsatish, ishlar bajarish, savdo faoliyatini amalga oshirish va hokazo) qo'llagan holda, foydalanish hududini ko'rsatib yoki ko'rsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olingan fuqarolargina taraflar bo'lishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddat ko'rsatilgan, shuningdek ko'rsatilmagan holda (muddatsiz shartnoma) tuzilishi mumkin.
Basharti ushbu bobda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u shartnomaning mohiyatidan kelib chiqmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga ushbu Kodeksning intellektual mulk haqidagi qoidalari tegishli suratda qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
862-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.