Komitentdan vositachiga o'tgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki bo'ladi.
Vositachi ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq o'z qo'lida bo'lgan, komitentga yoki komitent ko'rsatgan shaxsga topshirilishi kerak bo'lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo'yicha o'z talablarini ta'minlash uchun ushlab turishga haqli.
Komitent to'lovga qobiliyatsiz deb e'lon qilingan taqdirda vositachining mazkur huquqi bekor qilinadi, uning o'zi ushlab turgan ashyolar qiymati doirasida komitentga qo'yadigan talablari ushbu Kodeksning 291-moddasiga muvofiq garov bilan ta'minlangan talablar qatorida qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
838-modda. Vositachilik narsasi hisoblangan ashyolarga bo'lgan huquq
(838-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.