Fuqarolik kodeksi

835-modda. Qo'shimcha vositachilik

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa shaxs bilan qo'shimcha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli bo'lib, qo'shimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar bo'lib qolaveradi. Qo'shimcha vositachilik shartnomasi bo'yicha vositachi qo'shimcha vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega bo'ladi. Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan tuzishga yo'l qo'yadigan hollarda qo'shimcha vositachilik shartnomasi faqat ana shunday shaxs bilangina tuzilishi mumkin. Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent vositachining roziligisiz qo'shimcha vositachi bilan bevosita munosabatlarga kirishishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.