Komitent vositachiga haq to'lashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni o'z zimmasiga olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qo'shimcha haq ham to'lashi shart. Agar shartnomada bu miqdor nazarda tutilgan bo'lmasa va u shartnomaning shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin bo'lmasa, haq miqdori ushbu Kodeks 356-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Agar vositachilik shartnomasi komitentga bog'liq sabablar bilan bajarilmagan bo'lsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga bo'lgan huquqini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
833-modda. Vositachilik haqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.