Fuqarolik kodeksi

829-modda. Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari

Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor bo'lgan shaxs uning manfaatlarini ko'zlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa haqiqiy zararni qoplashi shart. Mazkur majburiyat boshqa shaxsning manfaatlari yo'lidagi harakatlar oqilona bo'lib, biroq ko'zlangan natijaga erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazishning oldi olingan hollarda o'rnini qoplash haqining miqdori mol-mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak. Agar shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxsning manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan bo'lmasa, shu jumladan ularni amalga oshirgan shaxs o'z manfaatlarimni ko'zlab harakat qilyapman deb xato o'ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanadi. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko'zlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kirgan taqdirda, bu shaxs haqiqiy zararning o'rnini qoplash bilan bir qatorda tegishli miqdorda haq to'lanishini ham talab qilishga haqli. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan shaxsning manfaatdor shaxs ma'qullaganidan keyingi harakatlari munosabati bilan qilgan xarajatlari va ko'rgan boshqa zararlari tegishli turdagi shartnoma to'g'risidagi qoidalarga muvofiq qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.