Manfaatdor shaxsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid bo'lmagan boshqa manfaatlarini ko'zlab, uning topshirig'isiz, boshqa ko'rsatmasisiz yoki oldindan va'da berilgan roziligisiz qilingan harakatlar (begona shaxsning manfaatini ko'zlab qilingan harakatlar) ochiq ko'rinib turgan manfaat yoki foydadan hamda manfaatdor shaxsning haqiqiy yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib hamda ishning holatlariga ko'ra zarur g'amxo'rlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmog'i kerak.
Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar bunday harakatlar faoliyatining maqsadlaridan biri bo'lgan davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari boshqa shaxslar manfaatlari yo'lida amalga oshiradigan harakatlarga nisbatan qo'llanmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
826-modda. Begona shaxsning manfaatini ko'zlab harakat qilish shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.