Fuqarolik kodeksi

817-modda. Topshiriq shartnomasi

Topshiriq shartnomasi bo'yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo'yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning ko'rsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin. Vakil alohida huquqlarga ega bo'ladigan topshiriq shartnomasi bo'yicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega bo'lgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan ma'lum sohada yoki (va) ma'lum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega bo'lgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi. Topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli bo'ladigan muddatni ko'rsatgan yoki bunday muddatni ko'rsatmagan holda tuzilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.