Biron-bir hujjat bo'lmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga ko'ra inkasso topshiriqnomasiga mos bo'lmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu haqda darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli.
Hujjatlar qanday shaklda olingan bo'lsa, o'sha shaklda to'lovchiga taqdim etiladi, inkasso operatsiyasini rasmiylashtirish uchun zarur bo'lgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno.
Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular bo'yicha pul to'lanishi shart bo'lsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti to'lovga taqdim etishi shart.
Agar hujjatlar bo'yicha pul boshqa muddatda to'lanishi kerak bo'lsa, ijrochi bank to'lovchining aktseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi olinishi bilanoq, darhol aktseptga taqdim etishi kerak, to'lov talabi esa hujjatda ko'rsatilgan to'lov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qo'yilishi kerak.
Qisman bajariladigan to'lovlar bank qoidalarida belgilab qo'yilgan hollarda yoki inkasso topshiriqnomasida maxsus ruxsat bo'lsa qabul qilinishi mumkin.
Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent tasarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning hisobvarag'iga kiritib qo'yishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan o'ziga tegishli haqni va xarajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
805-modda. Inkasso topshirig'ini bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.