Fuqarolik kodeksi

800-modda. Akkreditivni ijro etish

Akkreditivni ijro etish uchun mablag' oluvchi ijrochi bankka akkreditivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkreditiv hisobidan pul to'lanmaydi. Agar ijrochi bank akkreditiv shartlariga muvofiq to'lovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan bo'lsa, bank-emitent unga qilingan xarajatlarni to'lashi shart. Bank-emitentning ushbu xarajatlari, shuningdek akkreditivni bajarish bilan bog'liq bo'lgan boshqa hamma xarajatlari mijoz tomonidan qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.