Fuqarolik kodeksi

799-modda. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv

Mablag' oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin bo'lmagan akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv deyiladi. Bank-emitentning iltimosiga binoan akkreditiv bo'yicha operatsiyani o'tkazishda ishtirok etayotgan ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkreditiv). Bunday tasdiqlash ijrochi bank bank-emitentning majburiyatiga qo'shimcha suratda akkreditiv shartlariga muvofiq to'lovni amalga oshirish majburiyatini o'z zimmasiga olganligini bildiradi. Ijrochi bank tomonidan tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.