Fuqarolik kodeksi

793-modda. To'lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari

To'lov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob-kitob hujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qo'yilgan talablarga mos kelishi kerak. Mijozning topshirig'i uning hisobvarag'ida mablag'lar bo'lgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank o'rtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.