Fuqarolik kodeksi

782-modda. Bankning va mijozning muqobil talablarini hisobga olish

Bankning hisobvaraqni kreditlash hamda bank xizmatlari uchun haq to'lash bilan bog'liq holda mijoz oldiga qo'yiladigan pul talablari, shuningdek mijozning pul mablag'laridan foydalanganlik uchun foizlar to'lash haqida bank oldiga qo'yadigan talablari, agar bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bir-birlarining talablarini hisobga olish yo'li bilan bekor qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan talablar bank tomonidan hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi to'g'risida mijozga bank hisobvarag'i shartnomasida belgilab qo'yilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli shartlarni taraflar kelishib olishmagan bo'lsa, banklar odatda tegishli hisobvaraqdagi pul mablag'larining holati to'g'risida mijozlarga axborot beradigan tartibda va muddatlarda axborot berishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.