Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablag'lari bilan operatsiya qilish bo'yicha xizmatlariga bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to'laydi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish borasidagi bank xizmatlarining narxi bank hisobvarag'i shartnomasida belgilab qo'yilmagan hollarda xizmatlar uchun to'lanadigan haq ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Bankning xizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvarag'ida turgan pul mablag'laridan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
780-modda. Bankning hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan xarajatlarini to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.