Fuqarolik kodeksi

773-modda. Mijozning pul mablag'larini tasarruf etishi

(773-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan o'z pul mablag'larini mustaqil tasarruf etadi. Bank mijozning pul mablag'laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablag'larini o'z xohishiga ko'ra tasarruf etish huquqlariga qonunda yoki bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablag'lari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.