Agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, fuqaro bilan bank omonati shartnomasi tuzish hamda uning hisobvarag'iga omonat bo'yicha pul mablag'larini kiritib qo'yish omonat daftarchasi bilan tasdiqlanadi.
Omonat daftarchasida bankning yoki uning tegishli filialining nomi, uning joylashgan manzili hamda omonat bo'yicha hisobvaraq nomeri, shuningdek hisobvaraqqa kiritilgan hamma pul mablag'lari summasi, hisobvaraqdan o'chirilgan hamma pul mablag'lari summasi va omonat daftarchasi bankka taqdim etilgan paytda hisobvaraqdagi pul mablag'larining qoldig'i ko'rsatilgan va tasdiqlangan bo'lishi shart.
Agar omonatning boshqa holati isbot qilingan bo'lmasa, omonat to'g'risida omonat daftarchasida ko'rsatilgan ma'lumotlar bank bilan omonatchi o'rtasida omonat bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo'ladi.
Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi.
Bank omonat daftarchasi taqdim etilganida omonatni beradi, unga foizlar to'laydi hamda omonatchining omonat bo'yicha hisobvaraqdagi pul mablag'larini boshqa shaxslarga o'tkazish haqidagi topshirig'ini bajaradi.
Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yo'qotilgan bo'lsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan bo'lsa, bank omonatchining arizasiga muvofiq unga yangi omonat daftarchasi beradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
769-modda. Omonat daftarchasi
(769-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 22 сентябрдаги ЎРҚ-223-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 39-сон, 423-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.