Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo'lishi kerak.
Agar omonatning qo'yilganligi omonat daftarchasi, jamg'arma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo'llaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo'lsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik bunday shartnomaning haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
761-modda. Bank omonati shartnomasining shakli
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.