Aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.
Pul talabnomasi bo'yicha talablarni qanoatlantirish navbati pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo'yicha pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan vaqt asosida belgilanadi. Bunda moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish navbati pul talabnomasiga bo'lgan huquq garov reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan paytga qadar yoki undan keyin yuzaga kelganligidan qat'i nazar qo'llaniladi.
Pul talabnomasiga bo'lgan huquqlar navbati ushbu Kodeks 751-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq moliya agenti huquqqa ega bo'lgan har qanday daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
758²-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari bo'yicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi
(758¹ ва 758²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.