Davlat zayomi shartnomasi bo'yicha davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs esa qarz beruvchi bo'ladi.
Davlat zayomlari ixtiyoriydir.
Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablag'larini yoki, zayom shartlariga bog'liq holda, — boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qog'ozlarini qarz beruvchining sotib olishi yo'li bilan tuziladi.
Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini o'zgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan ushbu Kodeksning 383-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra, o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Davlat zayomi shartnomasi bo'yicha davlat ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
743-modda. Davlat zayomi shartnomasi
(743-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.