Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada ko'rsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan da'volashishga haqli.
Yozma shaklda tuzilishi lozim bo'lgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning ko'rsatmalari yordamida da'volashish mumkin emas, shartnoma aldash, zo'rlik ishlatish, tahdid qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki qiyin vaziyatlar ta'sirida tuzilgan hollar bundan mustasno.
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan da'volashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada ko'rsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
737-modda. Qarz shartnomasi yuzasidan da'volashish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.