Fuqarolik kodeksi

73-modda. Matlubot kooperativi

(73-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a'zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning a'zolari tomonidan o'z mulkiy (pay) badallarini qo'shish yo'li bilan amalga oshiriladi. Matlubot kooperativining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida ko'rsatilgan ma'lumotlardan tashqari quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak: kooperativ a'zolari qo'shadigan pay badallarining miqdori to'g'risidagi; kooperativ a'zolari pay badallarining tarkibi va ularni qo'shish tartibi hamda ularning badalni qo'shish majburiyatini buzganlik uchun javobgarligi to'g'risidagi; kooperativni boshqarish organlarining tarkibi hamda vakolatlari va ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozlarning malakali ko'pchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar to'g'risidagi; kooperativ ko'rgan zararlarni kooperativ a'zolari tomonidan to'lash tartibi to'g'risidagi. Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi ko'rsatilishi, shuningdek «kooperativi» so'zi yoki «matlubot uyushmasi» yoxud «matlubot jamiyati» degan so'zlar bo'lishi kerak. Matlubot kooperativining a'zolari ko'rilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobaynida qo'shimcha badallar to'lash yo'li bilan qoplashlari shart. Ushbu burch bajarilmagan taqdirda kooperativ kreditorlarning talablariga muvofiq sud tomonidan tugatilishi mumkin. Matlubot kooperativining a'zolari uning majburiyatlari bo'yicha har bir kooperativ a'zosi to'laydigan qo'shimcha badalning to'lanmagan qismi doirasida subsidiar javobgar bo'ladilar. Bu holda kooperativ a'zolari solidar javob beradilar. Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan ushbu Kodeksning tijoratchi tashkilotlar to'g'risidagi qoidalari qo'llaniladi. Matlubot kooperativlarining huquqiy mavqei, shuningdek ular a'zolarining huquq va burchlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.