Fuqarolik kodeksi

726-modda. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi

(726-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo'yicha ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk jo'natuvchi yoki yuk oluvchi) hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog'liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini oladi. Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditorning ekspeditor yoki mijoz tanlagan transportda va yo'nalishda yuk tashishni tashkil etish majburiyati, mijoz yoki o'zining nomidan yuk tashish shartnomasi (shartnomalari)ni tuzish, yukning jo'natilishini va olinishini ta'minlash majburiyati, shuningdek tashish bilan bog'liq boshqa majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin. Qo'shimcha xizmatlar sifatida transport ekspeditsiyasi shartnomasida eksport yoki import uchun talab qilinadigan hujjatlarni olish, bojxona rasmiyatchiliklari yoki o'zga rasmiyatchiliklarni bajarish, yukning miqdorini va holatini tekshirish, uni ortish va tushirish, mijoz zimmasiga yuklatiladigan bojlar, yig'imlar va boshqa xarajatlarni to'lash, yukni saqlash, uni belgilangan manzilda olish kabi yukni yetkazib berish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshirish, shuningdek shartnomada belgilangan boshqa operatsiyalar va xizmatlarni bajarish nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Ushbu bobning qoidalari transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq ekspeditorning majburiyatlarini tashuvchi bajargan hollarga ham taalluqlidir. Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarish shartlari, agar transport-ekspeditsiya faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, taraflarning kelishuvi bilan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.