Fuqarolik kodeksi

705-modda. Xizmatlarga haq to'lash

(705-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Buyurtmachi o'ziga ko'rsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasida ko'rsatilgan muddatlarda va tartibda to'lashi shart. Ijrochi o'zi aybdor bo'lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to'lashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) ko'rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo'lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo'lmay qolgan taqdirda, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, xizmatlar bahosi butunlay to'lanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.