Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha ijrochi buyurtmachining topshirig'i bilan ashyoviy shaklda bo'lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to'lash majburiyatini oladi.
Ushbu bobning qoidalari aloqa xizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xizmatlari, ta'lim berish, sayyohlik xizmati va boshqa xizmatlar ko'rsatish shartnomalariga tatbiq etiladi. Ushbu Kodeksning 37, 39, 40, 43, 44, 45, 46, 48, 49 va 51-boblarida nazarda tutilgan shartnomalar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
703-modda. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.