Fuqarolik kodeksi

696-modda. Ish natijalariga taraflarning huquqlari

Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish huquqiga ega. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi o'ziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, o'zi olgan natijalardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.