Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha quyidagilarni bajarishi:
barcha ishlar bajarib bo'linganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga to'lashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini to'lashi;
pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma'lumotlarni oshkor qilmasligi;
loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat ko'rsatishi;
tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi;
pudratchiga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang'ich ma'lumotlar o'zgarishi bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni pudratchiga to'lashi;
tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qo'zg'atilgan da'vo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
688-modda. Buyurtmachining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.