Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy bo'lgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo'l qo'yilganligi, shuningdek qurilish ob'yektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko'rsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar bo'ladi.
Bino yoki inshoot rekonstruktsiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yo'qolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi.
Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatlaridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga ta'sir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yo'l qo'yganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga ta'sir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
681-modda. Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.