Buyurtmachi, pudratchining operativ-xo'jalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi to'g'ri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli.
Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin bo'lgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu to'g'rida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo'qotadi.
Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan ko'rsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid bo'lmasa va pudratchining operativ-xo'jalik faoliyatiga aralashishdan iborat bo'lmasa, pudratchi bunday ko'rsatmalarni bajarishi shart.
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
676-modda. Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi
(676-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.