Qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig'i bilan muayyan ob'yektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to'lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa ob'yektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan ob'yekt bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to'g'risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bino va inshootlarni kapital ta'mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ob'yektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko'rsatilgan muddatda ishlatishni ta'minlash majburiyatini pudratchi o'z zimmasiga oladi.
Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to'languncha pudratchi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
666-modda. Qurilish pudrati shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.