Fuqarolik kodeksi

660-modda. Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish

Agar maishiy pudrat shartnomasi bo'yicha ish pudratchining materialidan foydalanib bajarilsa, buyurtmachi material haqining hammasini shartnoma tuzish vaqtida to'laydi yoki uning shartnomada ko'rsatilgan qismi to'lanib, pudratchi bajargan ishni buyurtmachi qabul qilib olayotganida to'la hisob-kitob qilinadi. Maishiy pudrat shartnomasiga binoan material pudratchi tomonidan nasiyaga berilishi, shu jumladan buyurtmachi tomonidan materialning haqini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan ham berilishi mumkin. Pudratchi tomonidan berilgan material bahosining maishiy pudrat shartnomasi tuzilganidan so'ng o'zgarishi qayta hisob-kitob qilishga sabab bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.