Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi ushbu moddada belgilangan muddatlarda ish natijasining lozim darajada sifatli emasligini aniqlagan taqdirda, ishning natijasi lozim darajada sifatli emasligi bilan bog'liq talablarni qo'yishga haqli.
Ish natijasiga kafolat muddati belgilanmagan hollarda ish natijalaridagi kamchiliklar oqilona muddatda, biroq ish natijasi topshirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida aniqlangan taqdirda, agar qonunda, shartnomada yoki ish muomalasi odatlarida boshqa muddatlar belgilangan bo'lmasa, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklar bilan bog'liq talablarni qo'yishi mumkin.
Buyurtmachi kafolat muddati mobaynida aniqlangan ish natijasidagi kamchiliklar bilan bog'liq talablarni qo'yishga haqli.
Shartnomada nazarda tutilgan kafolat muddati ikki yildan kam bo'lib, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklarni kafolat muddati tamom bo'lgach, biroq ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan paytdan e'tiboran ikki yil davomida aniqlagan va bu kamchiliklar ish natijasi o'ziga topshirilgunicha yoki topshirish paytiga qadar yuzaga kelgan sabablarga ko'ra paydo bo'lganligini isbot qilsa, ular uchun pudratchi javobgar bo'ladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, kafolat muddati bajarilgan ish natijasi buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan yoki qabul qilib olinishi lozim bo'lgan paytdan e'tiboran o'ta boshlaydi.
Pudrat shartnomasi bo'yicha kafolat muddatini hisoblashda, agar qonunchilikda, taraflar o'rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, ushbu Kodeks 404-moddasi ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarining qoidalari tegishincha qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
651-modda. Ish natijasining lozim darajada sifatli emasligini aniqlash muddatlari
(651-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.