Fuqarolik kodeksi

639-modda. Pudratchining ushlab qolish huquqi

Shartnomaning bajarilishi munosabati bilan buyurtmachi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani to'lash majburiyatini bajarmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tegishli summa to'langunga qadar pudratchi ishning natijalarini, shuningdek buyurtmachiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan material qoldig'i va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni ushbu Kodeksning 290 va 291-moddalariga muvofiq ushlab qolish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.