Fuqarolik kodeksi

637-modda. Pudratchining tejami

Pudratchining amaldagi xarajatlari ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan xarajatlardan kam bo'lgan hollarda, basharti buyurtmachi pudratchining tejami bajarilgan ish sifatiga ta'sir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi ishlar uchun pudrat shartnomasida ko'rsatilgan baho bo'yicha haq olish huquqini saqlab qoladi. Pudrat shartnomasida pudratchining tejami taraflar o'rtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.