Fuqarolik kodeksi

635-modda. Ishni bajarish muddatlari

Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang'ich va oxirgi muddatlari ko'rsatiladi. Taraflar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin. Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlang'ich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik uchun javobgar bo'ladi. Pudrat shartnomasida ko'rsatilgan ishni bajarishning boshlang'ich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o'zgartirilishi mumkin. Ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan ijro muddatini kechiktirish oqibatlari ishni bajarishning oxirgi muddatiga rioya etilmagan hollarda yuzaga keladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.