Fuqarolik kodeksi

615-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish

(615-модда тўртинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Uy-joyni ijaraga oluvchi o'zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi: agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to'lash muddati o'tganidan keyin ikki martadan ko'proq haq to'lanmagan bo'lsa; ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo'lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa; uy-joydan g'ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo'lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi: agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqli bo'lmay qolsa, shuningdek avariya holatiga kelib qolsa; uy-joy to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda shartnomadagi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo'lgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qo'shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to'g'risida ogohlantirishi mumkin. Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo'lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo'shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo'lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.