Fuqarolik kodeksi

611-modda. Uy-joy uchun to'lanadigan haq

(611-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Uy-joy uchun to'lanadigan haqning miqdori taraflarning o'zaro kelishuviga binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qo'yiladi. Basharti qonunga muvofiq uy-joy uchun to'lanadigan haqning eng ko'p miqdori belgilab qo'yilgan bo'lsa, shartnomada belgilangan haq ana shu miqdordan oshib ketmasligi lozim. Uy-joy uchun to'lanadigan haqning miqdori bir tomonlama o'zgartirilishiga yo'l qo'yilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda to'lab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan bo'lmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda qonunchilikda belgilangan tartibda to'lab turilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.