Ishtirokchilari o'z o'rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo'yicha o'zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to'liq shirkat hisoblanadi.
Shaxs faqat bitta to'liq shirkatning ishtirokchisi bo'lishi mumkin.
To'liq shirkatning firma nomi uning barcha ishtirokchilarining nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek «to'liq shirkat» degan so'zlarni, yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining «va kompaniya» degan so'zlar qo'shilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek «to'liq shirkat» degan so'zlarni o'z ichiga olishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
60-modda. To'liq shirkat
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.