Fuqarolik kodeksi

597-modda. Lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi

(597-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)

Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, lizing oluvchi lizing to'lovlarini o'z vaqtida to'lashi, mol-mulkdan uni yetkazib berish shartlariga muvofiq foydalanishi, uni soz holda saqlashi, o'z hisobidan joriy ta'mirlash ishlarini bajarishi, saqlash bo'yicha boshqa xarajatlarni amalga oshirishi shart. Lizing shartnomasi bekor qilinganida lizing oluvchi mol-mulkni lizing beruvchidan olgan holatida uning normal eskirishini va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o'zgarishlarni hisobga olib, qaytarib berishga majbur. Lizing oluvchi lizing to'lovlarini to'lash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi o'ziga tegishi kerak bo'lgan to'lovlarni foizi bilan olishi mumkin. Lizing oluvchi o'z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, lizing beruvchi bo'lajak lizing to'lovlarini tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing ob'yektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.