Mol-mulk yetkazib berilmagan, to'liq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada bo'lmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa:
lizing to'lovlarini to'xtatib turish;
yetkazib berilayotgan mol-mulkni rad etish va lizing shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.
Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari bo'nak sifatida to'lagan pullarini, lizing ob'yektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, o'ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Lizing shartnomasida nazarda tutilgan taqdirda, lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta'minoti sifatida lizing ob'yektini mazkur ob'yekt qiymatining lizing beruvchiga to'lanishi lozim bo'lgan lizing to'lovlarining qolgan summasidan ortiq bo'lgan qismi bo'yicha berishi mumkin.
Lizing shartnomasining muddati tugagach, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, lizing ob'yekti lizing oluvchining mulki bo'lib qoladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
595-modda. Lizing oluvchining huquqlari
(595-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.