Fuqarolik kodeksi

592-modda. Lizing shartnomasi narsasini lizing oluvchiga topshirish

Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu shartnoma ob'yekti bo'lgan mol-mulk sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi. Agar lizing shartnomasining narsasi bo'lgan mol-mulk shu shartnomada ko'rsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, oqilona muddatda lizing oluvchiga topshirilmagan bo'lsa, lizing beruvchi javobgar bo'ladigan holatlar tufayli muddat o'tkazib yuborilgan taqdirda, lizing oluvchi shartnomani bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.