Xo'jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning yoki jamiyatning ishlarini boshqarishda qatnashish, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
ta'sis hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati to'g'risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda qatnashish;
shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Xo'jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda, shirkat yoki jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
Xo'jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari:
ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo'shishlari;
shirkat yoki jamiyatning faoliyati to'g'risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Xo'jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining shirkat yoki jamiyat ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa burchlari ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
59-modda. Xo'jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari
(59-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.