Fuqarolik kodeksi

57-modda. Yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi

(57-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)

Tijoratchi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlarning talablarini to'la hajmida qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lmasa, sud tomonidan to'lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin. Yuridik shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topishning asoslari, tartibi va oqibatlari qonunda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.