Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o'z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.
Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi.
Ushbu bobning ijara shartnomasini nomuayyan muddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi muddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalari transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo'llanmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
564-modda. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.