Fuqarolik kodeksi

556-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish

(556-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk ijara shartnomasining muddati tamom bo'lganidan keyin yoki tamom bo'lmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini to'lagan taqdirda uning mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin. Agar ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti shartnomada nazarda tutilmagan bo'lsa, u taraflarning qo'shimcha kelishuvi bilan belgilanishi mumkin, bunda taraflar mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari to'langan haqni xarid narxiga kiritish to'g'risida kelishishga haqlidirlar. Qonun hujjatlarida ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishni taqiqlash hollari belgilab qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.