Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar:
ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga to'sqinlik qilsa;
ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga to'sqinlik qiladigan kamchiliklar bo'lib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib o'tmagan, ijaraga oluvchiga oldindan ma'lum bo'lmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni ko'zdan kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin bo'lmagan bo'lsa;
ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda shartnomada muddat belgilangan bo'lmasa, oqilona muddatlarda o'z zimmasidagi mol-mulkni kapital ta'mirlash majburiyatini bajarmasa;
ijaraga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolsa.
Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
552-modda. Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.