Fuqarolik kodeksi

54-modda. Yuridik shaxsni tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari

(54-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 14 декабрдаги ЎРҚ-127-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 50-51-сон, 506-модда)

Yuridik shaxsni tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga darhol yozma xabar berishlari kerak, davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ yuridik shaxs tugatish jarayonida ekanligi haqidagi ma'lumotlarni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qo'yadi. Yuridik shaxsni tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatini belgilaydilar. Yuridik shaxsni tugatish to'g'risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Tugatuvchi tayinlangan paytdan boshlab yuridik shaxsning ishlarini boshqarish bo'yicha vakolatlar tugatuvchiga o'tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.