Fuqarolik kodeksi

522-modda. Renta oluvchining talabiga ko'ra doimiy rentani sotib olish

Quyidagi hollarda doimiy renta oluvchi to'lovchidan rentani sotib olishni talab qilishga haqli: agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan bo'lmasa, renta to'lovchi uni to'lash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborgan taqdirda; renta to'lovchi rentani to'lashni ta'minlash bo'yicha o'z majburiyatlarini buzgan taqdirda; renta to'lovchi to'lovga qodir emas deb topilgan yoki u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to'lamasligini ko'rsatadigan boshqa vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda; renta to'lash sharti bilan topshirilgan ko'chmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaxs o'rtasida taqsimlangan taqdirda; shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.